02:30 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Chteniye knigi

Gulnora Karimova qamoqxonada qanday kitoblar oʻqiyotgani maʼlum boʻldi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
1187 0 0

Gulnora Karimova qamoqxonada Amir Temur haqida, rus yozuvchilarining kitoblarini hamda huquqiy mavzudagi kitoblarni oʻqimoqda.

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Gulnora Karimova qamoqxonada axborot materiallaridan foydalanish huquqidan toʻliq foydalanmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

“G. Karimova JIKning 9-moddasiga muvofiq, oʻquv, badiiy va boshqa turdagi axborot materiallaridan foydalanish huquqidan foydalangan holda, Koloniya kutubxonasining aʼzosi hamdir”, - deyilgan xabarda.

Kutubxona daftaridagi yozuvlarga asosan, Gulnora Karimova qamoqxonada Oʻrta Osiyo tarixi boʻyicha britaniyalik mutaxassis Xilda Xukxemning Amir Temur haqida yozilgan tarixiy “Vlastitel semi sozvezdiy” nomli kitobini, rus yozuvchilari Gertsen, Nekrasov hamda Chernыshevskiylar kitoblarini olgani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek Gulnora Karimova “Inson huquqlari” 2 tomlik kitob va “Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion huquq” nomli kitoblaridan ham foydalangan.

Kutubxona kitobidan lavha

Eslatib oʻtamiz, iyul oyining boshida shveytsariyalik advokat Greguar Manja Gulnora Karimovaning qamoqxonada ogʻir ahvolda saqlanayotganini roʻkach qilib, Shveytsariya sudi tomonidan Oʻzbekistonga qaytarilishi kerak boʻlgan 555 million dollarni toʻxtatib qoʻygan edi.

Bunga javoban, Oʻzbekiston Adliya vazirligi vakillari 3-4 iyul kunlari  21-sonli ayollar jazoni oʻtash Koloniyasida boʻlib, Gulnora Karimova qamoq jazosini oʻtash holatini batafsil oʻrganib chiqdi.

Oʻrganish natijasida G. Karimova qamoqxonada qonun boʻyicha mahbuslar uchun ruxsat berilgan barcha huquqlardan foydalanayotgani maʼlum boʻlgan.

Huquqlarni cheklash haqida

Xususan, joriy yilning 2 va 3, 10 aprel hamda 10 iyun kunlari u tegishli banderol va yoʻqlov qabul qilingan. 

Undan tashqari 10 aprel kuni G. Karimovaning hisobvaragʻiga qizidan pul oʻtkazmalari kelib tushgan. G. Karimova jazoni oʻtash davomida koloniya doʻkonidan toʻrt marotaba haridni amalga oshirgan va oʻrganish paytida uning hisobvaragʻida muayyan miqdorda mablagʻ qolgani aniqlangan.

Shuningdek , 2019 yilning 12 aprelidan 15 apreligacha u oila aʼzolari bilan uzoq muddatli uchrashuvda boʻlgan (3 sutka) va ikkita qisqa muddatli uchrashuvlardan yozma ravishda bosh tortgan.

“Undan tashqari G. Karimovaga 2019 yilning 2 va 17 aprel hamda 10 iyun kunlari Shveytsariyalik advokati bilan uchrashish huquqi taʼminlangan”, - deyilgan xabarda.  

Mahbusning sogʻligi haqida

Birinchidan, qamoqxonaga kelguniga qadar Karimovaning surunkali kasali boʻlgan,  2017 yilning dekabr oyida oʻtkazilgan Sogʻliqni saqlash vazirligining komissiyaviy sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga koʻra (№70 15.12.2017y).

Shu bilan birga, komissiyaning xulosasiga koʻra G. Karimovada aniqlangan kasalliklar uning jazoni oʻtashiga halaqit bermaydi va “Ogʻir kasalliklar” roʻyxatiga kirmaydi.

G. Karimovada maʼlum surunkali kasalliklar borligini inobatga olib, unga statsionar davolanish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Adliya vazirligi xodimlari Koloniyaga borganlarida G. Karimova sanitariya boʻlimida boʻlgan.

Suhbat chogʻida G. Karimova unga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga nisbatan hech qanday eʼtiroz bildirmadi.

Vizual tekshiruv chogʻida G. Karimovaning tanasida jarohatlar aniqlanmadi.

Ruhiy bosim haqida

Mahkumalar bilan oʻtkazilgan suhbatlarda shu narsa aniqlandiki, G. Karimovaga jismoniy yoki ruhiy bosim oʻtkazish hollari kuzatilmagan, aksincha, boshqa mahkumalar G. Karimovaning yomon yashash sharoitlarda ushlab turilgani va unga bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan ajablanganlar.

Xususan, u bilan bitta otryadda yashayotgan mahkumalar G. Karimova koloniyaga olib kelinganida, u deraza oldidagi krovatni tanlagani, bu vaqtda esa, mazkur krovat boshqa mahkuma tomonidan band boʻlganini qayd etganlar. Shunday boʻlsada, boshqa mahkuma G. Karimovaga oʻz oʻrnini boʻshatib bergan.

G. Karimovaning salomatligini inobatga olgan holda, ushbu davrda u bir marotaba ham mehnat faoliyatiga jalb etilmagan. Bu holat Koloniya mahkumalari va maʼmuriyati tomonidan ham tasdiqlandi.

Gulnora Karimova nimadan arz qildi

Gulnora Karimova bilan boʻlgan suhbat davomida u mahkuma sifatida oʻzining huquqlari cheklanayotganidan shikoyat qilmadi va bu mavzuda suhbatlashishni istamayotganini bildirdi. Shuningdek u quyidagilar boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirdi:

  • koloniyada boʻlgan paytida unga yaqin boʻlgan mahkumalarning boshqa otryadlarga oʻtkazilganiga;
  • uning fikricha, jinoiy ishni tergov qilishda qonunchilik talablari buzilganiga.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnara Karimova 2015 yilning avgustida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveytsariyada saqlanadi.

Asosiy mavzular