13:56 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Podgotovka k otkrыtiyu peshexodnoy zonы v Zamoskvorechye

Toshkentda noqonuniy egallab olingan piyodalar yoʻlaklari ochilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
352 0 0

Toshkent markazidagi mahallalardan birida piyodalar yoʻlaklari ustiga noqonuniy qurilgan inshootlar buzib tashlandi.

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Toshkentdagi Salom koʻchasida joylashgan “Oltintepa” va “Podshohbogʻ” mahallalarida piyodalar yoʻlaklari qayta ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, bu mahallalar orqali oʻtgan Salom koʻchasida, piyodalar yoʻlagi yoʻq boʻlib ketgan. Ularni uy egalari noqonuniy ravishda egallab olib, binolar, parkovkalar, temir panjara va bogʻlar qurib egallab olishgan. Oqibatda piyodalar hayotlarini xavf ostiga qoʻyib, avtomobil yoʻllaridan harakatlanishga majbur boʻlishmoqda.

Shu bilan birga, koʻmib tashlangan ariqlar, drenaj kanalizatsiyalar qayta ochilib, kommunikatsiyalar yangilanmoqda. Shuningdek elektr sim yogʻochlar oʻrniga simlarni yer ostidan oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Tadbir davomida Oltintepa va Buyuk Ipak Yoʻli koʻchalarini tutashtiruvchi Salom koʻchasi bir necha haftaga davomida yopiq boʻlishi ham aytib oʻtilgan.

Asosiy mavzular