13:05 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Afganskiy malchik naduvayet vozdushnыy sharik, okraina Kabula, Afganistan, 2017 god

Jangarining bolalari Oʻzbekistonga qaytarildi

© AP Photo / Rahmat Gul
Jamiyat
Havola olish
802 0 0

Bolaning begonasi boʻlmaydi  - xorijda ekstremistlar safida vafot etgan jangarining bolalari Oʻzbekistonga qaytarildi.

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati Afgʻonistondan 4 nafar bolakayni vataniga qaytarishdi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Xabarda aytilishiga koʻra andijonlik Farxod Hamroqulov Rossiyada ishlab yurgan vaqtlarida ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qoladi. U 2012 yildan oʻz turmush oʻrtogʻi Raʼno Hamroqulova va 3 nafar farzandi bilan Ozarbayjon orqali Pokistonga koʻchib oʻtadi.

Pokistonda Farxod “Turkiston islom harakati” ekstremistik guruhiga qoʻshiladi. Shu yilning avgust oyida Farxod Pokiston harbiylari bilan boʻlgan toʻqnashuvda vafot etadi. Raʼno Hamroqulova 2013 yilda ushbu tashkilotning yana bir aʼzosiga turmushga chiqadi. 2014 yilda ular Afgʻonistonga koʻchib oʻtadi. U yerda Raʼno yana bir farzandli boʻladi. Bir necha yillik sargardon hayotdan soʻng Raʼno Hamroqulova 2018 yilda ogʻir xastalikdan vafot etadi.

Ushbu yilning may oyida Raʼno Xamrokulovaning onasi Kimyoxon Jakbarova Andijon viloyat DXXga murojaat qilib ularning qarovsiz qolgan nabiralarini Afgʻonistondan qaytarishda yordam berishni soʻraydi.

Ayni damda bolalar DXX yordamida Andijonga oʻz qarindoshlari bagʻriga qaytarildi. Endi ular barcha oʻzbekistonlik bolalar kabi taʼlim olish huquqiga ega boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan bir oy oldin Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev buyrugʻi bilan 156 nafar ayollar va bolalar Suriyadan olib kelingan edi. 

Asosiy mavzular