12:45 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Model Nigina Faxriddinova

Oʻzbekiston vakilasi ilk bor nufuzli goʻzallik tanlovida ishtirok etadi

© Instagram / niginafaxriddinova
Jamiyat
Havola olish
754 0 0

Miss Intercontinental – tanlovi 1971 yildan buyon oʻtkaziladi va u dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biridir.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Nigina Faxriddinova Miss Intercontinental nufuzli xalqaro tanlovida ishtirok etayotgan birinchi Oʻzbekiston vakili boʻladi.

Nigina Oʻzbekiston model agentliklari orasida oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqib Miss Intercontinental Uzbekistan 2019 unvonini olgan. Miss Intercontinental tanlovining final bahsi bu yil 21 dekabr kuni  Hindistonda boʻlib oʻtadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot 𝓝𝓲𝓰𝓲𝓷𝓪 (@niginafaxriddinova)

Miss Intercontinental – tanlovi 1971 yildan buyon oʻtkaziladi va u dunyodagi nufuzli tanlovlardan biridir. Unda turli yillarda turli mashhur kishilar ishtirok etgan. 1998 yildan boshlab tanlovda erkaklar uchun ham alohida nominatsiya yaratildi.

Ushbu konkurs tarixida eng koʻp marotaba gʻoliblar AQSH va Venesuela vakillari boʻlgan – 5 marotabadan. Puero-Riko vakillari – 4 marotaba yutib chiqqan. MDHdan esa faqat Rossiya vakillari 3 marotaba gʻolib boʻlgan 1991, 2013 va 2015 yillarda.

Asosiy mavzular