04:56 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Proyekt AES v Uzbekistane

OʻzAtom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qoʻydi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (26)
89310

OʻzAtom mutaxassislari Jizzaxning Forish tumanida AES qurilishi va xavfsizlik mavzusida xalq bilan muloqot oʻtkazdi.   

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Yakshanba 7 iyul kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, «Oʻzatom» agentligi va Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari Forish tumaniga tashrif buyurib, tuman faollari ishtirokida AES qurilishi boʻyicha loyihani amalga oshirish borasida ilk marotaba xalq bilan muloqotni amalga oshirdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Suhbat davomida Oʻzatom mutaxassislari Oʻzbekistonda qurilayotgan AESning xavfsizlik darajasiga alohida toʻxtalib oʻtishdi. Mutaxassislar Chernobыl yoki Fukusimadagi AES fojealari Oʻzbekistonda takrorlanmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari koʻrilgani haqida batafsil aytib berishdi.

Xususan, Oʻzbekistonda qurilayotgan AES 3++ - yaʼni yangi avlod stantsiyasi boʻlib, unda boshidan 21 ta bir-birini himoyalovchi xavfsizlik tizimlarii mujassam etilganini va ushbu xavfsizlik tizimlari hatto insonning AES faoliyatiga notoʻgʻri aralashishini cheklash imkoni ega ekanligi qayd etildi.

Deputatы i jurnalistы posetili ploщadku buduщey AES v Djizakskoy oblasti
Sputnik
Deputatlar va jurnalistlar boʻlajak AES maydonida boʻlishdi

Eslatib oʻtamiz, internetda “Chernobыl” nomli  badiiy film namoyish qilinganidan soʻng, AES qurilishi oʻzbekistonliklar tomonidan ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan edi. Ayrim blogerlar tomonidan AES qurilishi Oʻzbekistonda ham ikkinchi Chernobil hodisasini vujudga keltirishi mumkinmi degan mish-mishlar tarqatishni boshlagan edi. Ushbu uchrashuvning oʻtkazilishi ana shunday asossiz vahimalar tarqalishiga nuqta qoʻydi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (26)

Asosiy mavzular