02:16 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Betonirovaniye plitы proyezjey chasti

Bosh prokuratura oʻqituvchilarga beton quydirgan mansabdorlar ishini koʻrib chiqadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Jamiyat
Havola olish
244 0 0

2019 yil 28 iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir taʼlim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Namangan viloyati, Kosonsoy tuman markazida tashkil etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida xalq taʼlimi tizimida faoliyat yurituvchi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati oʻrganib chiqildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmatining oʻrganishi natijasiga koʻra, 2019 yil 28 iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir taʼlim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

Topshiriqqa asosan, 29 iyun kuni tuman xalq taʼlimi tizimining 80 nafar texnik ishchi xodimlari yangi barpo etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida “shanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilganligi maʼlum boʻldi.

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasi boʻyicha Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etildi. M.Alloxonova Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri vazifasiga tayinlandi.

Kosonsoy tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 80 nafar ishchi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Bosh prokurori nomiga joriy yilning 4 iyul kuni xat yuborildi.

Asosiy mavzular