19:41 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Voyennoslujaщiy gotovit k vzletu malыe bespilotnыe letatelnыe apparatы

Oʻzbekistonda Rossiya harbiy dronlari uchun servis markaz ochilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Jamiyat
Havola olish
322 0 0

Rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda “Orlan” rusumli uchuvchisiz uchar qurilmalariga xizmat koʻrsatish markazini tashkil qilish masalasini oʻrganib chiqadi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiyada ishlab chiqarilgan “Orlan” harbiy dronlarni taʼmirlash boʻyicha markaz ochilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, shu yil iyul oxirigacha Chirchiq avia taʼmirlash zavodi imkoniyatlari va  uning bazasida “Orlan” rusumli uchuvchisiz uchar qurilmalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha markaz tashkil qilish masalalarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekistonga Rossiya delegatsiyasi tashrif buyuradi.

“Orlan-10” koʻp funktsiyali uchuvchisiz uchar qurilmalar Rossiya qurolli kuchlarida keng foydalaniladi.  Ular qiyin sharoitli hududda har qanday ob-havoda kuzatuv olib borish uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular