12:43 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Udarnыe vertoletы Mi-35

Rossiya Oʻzbekistonga qanday qurollar yetkazib berishi maʼlum boʻldi

RIA Novosti/Avrora
Jamiyat
Havola olish
1122 0 0

Rossiya Oʻzbekistonga 12 ta harbiy vertolet, Su-30SM qiruvchi samolyotlari hamda maxsus jihozlangan BTRlar yetkazib beradi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy hamkorlik haqida imzolangan shartnomalardan yana 12tasi kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yoz faslining boshida Rossiya hukumati Oʻzbekistonga ushbu harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta shartnoma uchun kredit ajratishga qaror qilganini maʼlum qilgan edi.

Harbiy hamkorlik boʻyicha Rossiya federal texnik xizmati xabariga koʻra Oʻzbekiston 12A6 "Sopka-2" – trassali radiolokatsiya majmuasini sotib olish istagini bildirdi.

Shu bilan birga "Pechora-2M" (S-125) zenit raketa majmuasi uchun texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasi sotib olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Rossiyadan BTR-82A – shaxsiy tarkib transporteri sotib olish borasida ham muzokaralar olib bormoqda. Bronetransporterlar Oʻzbekiston uchun maxsus komplektatsiyada jihozlanadi. Xuddi shunday mashinalar Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Suriya qurolli kuchlariga yetkazib beriladi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vstretilsya s ministrom oboronы RF Sergeyem Shoygu
© Press-slujba prezidenta Tadjikistana. http://www.president.tj/ru

Oʻzbekistonning eng yirik buyurtmasi esa - Mi-35M jangovar transport vertolyotlari boʻladi. Shartnomaga muvofiq Rossiya Oʻzbekistonga 2019-2020 yillar ichida 12 ta ana shunday vertolyot yetkazib beradi.

Oʻzbekiston Rossiyadan Su-30SM rusumli harbiy qiruvchi samolyotlar sotib olishni hem rejalashtirmoqda. Ushbu samolyotlar eng zamonaviy samolyotlardan biri boʻlib, ular oʻta manyovrli (chaqqon harakat qiluvchi),  boshqaruv vektorli dvigatel, fazali radiolokator bilan jihozlangan. Samolyotlarda eng zamonaviy “havo – havo” hamda “havo – yer” turkumidagi yuqori aniqlik bilan nishonga oluvchi  qurollar oʻrnatish mumkin.

Yuqorida qayd etilgan harbiy texnika xaridining asosiy qismi 2018 yilda imzolangan Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorligi haqidagi shartnomaga muvofiq, Rossiya kreditlari hisobidan xarid qilinadi. 2025 yilga qadar Oʻzbekiston oʻz qurolli kuchlarini toʻliq qayta jihozlashga qaror qilgan.

Asosiy mavzular