08:09 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Filial MISiS v Almalыke

“MISiS” filialiga abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi

Ibragimov Ulugbek, NITU "MISiS"
Jamiyat
Havola olish
265 0 0

“MISiS” Olmaliq filialiga 2019/2020 oʻquv yili uchun kvota 250 nafar talaba, 40 foiz talaba Oʻzbekiston Respublikasining davlat buyurtmasi (byudjeti) hisobidan tahsil oladi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. 2019 yil 1 iyuldan Rossiya Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq filialida 2019/2020 oʻquv yili uchun hisob boʻyicha ikkinchi Qabul komissiyasi ish boshladi. Hujjatlarni qabul qilish filialning oʻz manzilida amalga oshirilmoqda: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur koʻchasi, 55. Hujjatlar joriy yilning 31 iyuligacha qabul qilinadi.

“MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga 2019/2020 oʻquv yili uchun kvota 250 nafar talaba, 40 foiz talaba Oʻzbekiston Respublikasining davlat buyurtmasi (byudjeti) hisobidan tahsil oladi.

Hujjatlarni qabul qilish quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilmoqda: “Metallurgiya (Metallar texnologiyasi)” - 100 nafar talaba, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” - 50 nafar talaba, “Togʻ-kon ishi” mutaxassisligi boʻyicha - 100 kishi.

Abituriyentlar uchun bir nechta oliy oʻquv yurtlariga hujjatlar topshirishda shart-sharoit yaratish maqsadida, Filialda abituriyentdan hujjatlar nusxalari notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi bilan qabul qilinyapti.

Kirish imtihonlari: 03.08.2019 - matematika boʻyicha, 05.08.2019 - fizika boʻyicha, 07.08.2019 - rus tili boʻyicha. Yetarli ball toʻplagan talabalar “MISiS”ga qabul qilinadi va OTMning Olmaliq filialida taʼlim oladi. “MISiS” diplomlari xalqaro miqyosda tan olingan.

“MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan 2018 yil oktyabr oyida tashkil etilgan.

Bugungi kunga kelib, filialda turli sohalar boʻyicha 150 nafar talaba tahsil olmoqda. Taʼkidlash joizki, “MISiS” Olmaliq filiali taniqli tadbirkorlar Alisher Usmonov va Qobul Shodiyevning homiyligida tashkil etilgan, butun MDH hududidagi eng innovatsion va texnologik jihatdan rivojlangan oʻquv-laboratoriya bazasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardan boʻlgan professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyati respublikadagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib qolmoqda - 77%.

Asosiy mavzular