Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun yangi vagonlar sotib olindi

© metromenVagoni metro serii 81-765/766/767
Vagoni metro serii 81-765/766/767 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun Rossiyadan yangi metro vagonlari sotib olindi.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ hamda Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ ushbu yilning aprel oyida imzolagan shartnomaga muvofiq, Toshkent metropoliteni yangi qurilayotgan yer usti yo‘llari uchun yangi avlod metro vagonlari yetkazib  beradi, O‘TY xabariga asosan.

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari"Kak budut viglyadet novie poyezda tashkentskogo metro
Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun yangi vagonlar sotib olindi  - Sputnik O‘zbekiston
Kak budut viglyadet novie poyezda tashkentskogo metro

O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan vagonlar zavodda milliy bayroq bilan bezatilgan ko‘rinishda bo‘lmoqda. Ayni damda birinchi 3ta sostav vagonlari tayyor bo‘lish arafasida turibdi: kuzov ishlari bitirilgan, elektrodvigatel va pnevatik uskunalar o‘rnatilgan. Daslabki partiya O‘zbekistonga yaqin orada yetkazib berilishi kerak, deyilgan xabarda.

© metromenVagoni metro serii 81-765/766/767
Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun yangi vagonlar sotib olindi  - Sputnik O‘zbekiston
Vagoni metro serii 81-765/766/767

Ushbu metro vagonlari 81-765/766/767 - seriyaga mansub bo‘lib, ular elektr energiyasini 35%gacha tejash imkonini beradi. Vagonlarda o‘rnatilgan uchinchi avlod asinxron dvigatellar – 40 %gacha elektr tejash imkoniga ega.

Eski vagonlarga nisbatan ularning yana bir qulayligi – vagonlar orasida bir-biriga o‘tish imkoni borligidir.  Shuningdek vagonlar tashqariga ochiladigan qulay eshiklar, konditsioner, ventilyatsiya hamda isitish tizimlari va videokameralar bilan jihozlanganidir.

© metromenVagoni metro serii 81-765/766/767
Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun yangi vagonlar sotib olindi  - Sputnik O‘zbekiston
Vagoni metro serii 81-765/766/767

Yangi metro vagonlarini sotib olishda O‘zbekiston Temir yo‘llari Rossiya VTB bankining keditlari hamda O‘zbekiston taraqqiyot va qayta qurish fondi hamda davlat budjeti  mablag‘laridan foydalanilgan.

© metromenVagoni metro serii 81-765/766/767
Toshkentda qurilayotgan yer-usti metrosi uchun yangi vagonlar sotib olindi  - Sputnik O‘zbekiston
Vagoni metro serii 81-765/766/767
Yangiliklar lentasi
0