07:21 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
64810

Milliy gvardiya organlari maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.

Milliy gvardiya jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, aholini turli ichki tahdidlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek Milliy gvardiyaning vakolatiga kiritilgan davlat ahamiyatidagi maxsus vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan.

Milliy gvardiyada oʻz faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qilish funktsiyasiga ega boʻlgan maxsus vakolatli davlat organidir.

Milliy gvardiya oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boradi:

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;

davlat ahamiyatiga ega maxsus vazifalarni bajarish, shu jumladan jamoat tartibini, jismoniy va yuridik shaxslarning xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qurollangan jinoyatchilar hamda terrorchilik guruhlarini qoʻlga olish va yoʻq qilish, tezkor-qidiruv va boshqa maxsus tadbirlarni jangovar taʼminlash;

qoʻriqlash faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obʼyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkillashtirish va taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlat qoʻriqlash organlari faoliyatini nazorat qilish;

fuqaroviy va xizmat qurollari hamda ular oʻq-dorilarining muomalada boʻlishi sohasini nazorat qilish;

fuqaroviy va xizmat qurollari muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;

qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni oʻtkazish, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;

Milliy gvardiya kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini, shuningdek harbiy xizmatchilari va xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishni tashkil qilish;

rasmiy uchrashuvlarda va chet davlatlar rasmiy vakillari, xorijiy delegatsiyalarni kuzatishda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan yuqori darajadagi bayram va tantanali marosimlarda rasmiy tantanali tadbirlarni oʻtkazish;

jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda va aholi gavjum boʻladigan joylarda davlat organlariga bevosita koʻmaklashish;

qoʻriqlanadigan shaxslar xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan favqulodda vaziyatlar sharoitida, alohida davrlarda huquqiy rejimni taʼminlash va terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazishda ishtirok etish;

Qurolli Kuchlarning jangovar qoʻllash rejalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy mudofaasida, shuningdek, terrorchilik harakatlari va tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston prezidentining qarorlari bilan yuklatilishi mumkin boʻlgan boshqa vazifalarni bajarish.

Asosiy mavzular