23:18 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
110 0 0

“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Loyihaga asosan:

- bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish boʻyicha yagona tizim;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga maʼmuriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash;

- bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni koʻrsatish shartlari;

- bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;

- davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;

- advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa subʼyektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish tartibi nazarda tutilmoqda.

Asosiy mavzular