19:25 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pojar na ozere Sudochye

Sudochyedagi yongʻin oqibatida hayvonot dunyosiga zarar yetganmi - Ekologiya qoʻmitasi javobi

Gosudarstvennыy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredы
Jamiyat
Havola olish
175 0 0

Sudochye koʻllar tizimida sodir boʻlgan yongʻin tafsilotlari ochiqlandi.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Ekologiya qoʻmitasi 4 iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani Sudochye koʻllar tizimida sodir boʻlgan yongʻin oqibatlari tafsilotlarini ochiqladi.

Qoʻmita xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasida ushbu koʻllar tizimida sodir etilgan yongʻinni barataraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida tezkor guruh tuzilib voqea joyiga yuborilgan.

Oʻrganish natijalariga, shuningdek, Moʻynoq tumani yongʻin havfsizligi boʻlimi hamda Moʻynoq tuman “Meteostantsiya” boʻlimining xulosasiga koʻra, yongʻin tabiiy chaqmoq natijasida yuzaga kelib,  2019 yil 4 iyul kuni soat 15-30 atrofida Sudochye koʻllar tizimining sharqiy-janub qismidagi Qoratereng boʻlimida  orolchalardan boshlanib shamol natijasida atrofdagi qamishzorlarga va shimoliy-janub hamda qirgʻoq boʻyi mintaqasiga tarqalgan. Yongʻin koʻl oʻrtasidagi orolchalarda yuz berganligi va yongʻinga yaqin borishga imkoni mavjud emasligi sababli yongʻinni oʻchirish iloji boʻlmagan. Chunki yongʻin boshlangan maydonlarda motorli qayiq yoki orolchalar usti qamish boʻlib tag qismi suvli botqoq boʻlib odam kirib borishi mumkin boʻlmagan.

Yongʻin tufayli jami yongan maydon 278 gektarni tashkil etib, shundan, “Moʻynoq akvasanoat” DUKga qarashli maydoni 111,2 gektar, “Sudochye” ornitologik buyurtmaxonasiga qarashli maydoni 166,8 gektarni tashkil etadi.

“Sudochye ornitologik buyurtmaxonasi hududi yovvoyi holda yashovchi ondatra, oʻrdak (bir necha turlari), gʻoz, oqqush, birqozon, qoravoy, flamingo va boshqa hayvonot dunyosiga zarar yetkazilgan holat uchramadi.  Chunki suvda suzuvchi qushlar va boshqa hayvonot turlari yashash makoni va ular bahor oylarida tuxum qoʻyib koʻpayadigan hudud hisoblanadi. Lekin oʻrganish davomida hayvonot dunyosi nobud boʻlgan holat qayd etilmadi. Chunki hozirgi kunga kelib polaponlar katta boʻlib bemalol suvda suzib yuradigan darajada oʻsib ulgʻaygan”, - deyiladi qoʻmitaning rasmiy xabarida.

Pojar na ozere Sudochye
Gosudarstvennыy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredы
Pojar na ozere Sudochye

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani Sudochye koʻllar tizimidagi qamishzorlarga yongʻin tufayli tabiatga yetkazilgan zarar jami 225.435.760 soʻmni tashkil qildi.

Xabarda yongʻin 2019 yil 6  iyul kuni soat 23-00 lar atrofida oʻchirilgani qayd etilgan.

Asosiy mavzular