15:09 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Velikoretskiy krestnыy xod v Kirovskoy oblasti

Nogironligi boʻlgan sayyohlarga alohida eʼtibor beriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
60 0 0

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar sayohatini tashkil qilish uchun pul jamlaydigan maxsus jamgʻarma ish boshladi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda “Sayohat barcha uchun” xayriya loyihasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyiha birinchi navbatda nogironligi boʻlgan shaxslar qulay sayohat qilishi sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlsa, ikkinchidan - Oʻzbekiston turizm infrastrukturasini xorijdan keladigan imkoniyati cheklangan mehmonlar uchun ham tayyorlash boʻladi.  

Loyiha doirasida jamoatchilik xayriya mablagʻlarini jalb etish maqsadida “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK hisob raqami ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va hisob raqamga kelib tushgan xayriya mablagʻlari quyidagacha taqsimlanadi:

  • 50 foizi – nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohatini tashkil etishga;
  • 25 foizi – joylardagi turizm infratuzilmasi obektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirishga;
  • 25 foizi – nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar yaratishda Oʻzbekiston ushbu sohada dunyoda yetakchi boʻlgan Yevropa mamlakatlari tajribasini oʻrganadi. 

Ichki turizmni rivojlantirishda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish haqida Oʻzbekiston prezidentining 5611-sonli qarorida ham aytib oʻtilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda 2019-yilning 1 yanvar holatiga 709 000 nafar nogironligi boʻlgan kishilar bor. 

Asosiy mavzular