Bandlik va mehnat vazirligi O‘zA tanqidiga javob qaytardi

© MintrudViezdnoy priyem ministra truda v Fergane
Viezdnoy priyem ministra truda v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat vazirligi O‘zA tomonidan e’lon qilingan “Sahnalashtirilgan qabul” haqidagi maqolaga javob qaytardi.

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Banlik va mehnat vazirligi O‘zA tomonidan 1-iyul kuni e’lon qilingan “Sahnalashtirilgan qabul” yoki Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Farg‘ona viloyatiga nega kelgandi? - sarlavhali maqolaga o‘z munosabatini bildirdi. Quyida ushbu javobni to‘laligicha keltiramiz. 

Ministr truda Sherzod Kudbiyev provel viezdnoy priyem v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri Kudbiyev Farg‘onada fuqarolar bilan uchrashmoqda

“O‘zA” axborot agentligi tomonidan 2019-yil 1-iyul kuni e’lon qilingan maqolasida keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganish yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, keltirilgan har bir holat Ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

1. Muminova Ziroatxon bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. (Ma’lumot uchun – Z.Muminovaning murojaati, uning turmush o‘rtog‘i Mo‘minov Olimjonni tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga Qo‘qon tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanmaga ko‘ra 28.06.2019 yildagi №65/1-sonli buyruq asosida ishchi vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

© MintrudViezdnoy priyem ministra truda v Fergane
Bandlik va mehnat vazirligi O‘zA tanqidiga javob qaytardi - Sputnik O‘zbekiston
Viezdnoy priyem ministra truda v Fergane

2. Mirzamatova Gulbaxor bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. (Ma’lumot uchun – G.Mirzamatovaning murojaati Oltiariq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Oltiariq tumani Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga 28.06.2019 yildagi №135-sonli buyruq asosida sanitarka vazifasiga ishga joylashtirilganligi bilan hal qilingan).

3. Zarifa Xolmuhamedova va Ziyoda Shamsutdinova to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi. (Ma’lumot uchun – Marg‘ilon shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazining rahbariyati mas’ul xodimlari tomonidan ko‘zbo‘yamachilik holatiga yo‘l qo‘yilgan).

Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri xususiy bandlik agentliklari xizmati narxi qachon arzon bo‘lishini aytdi

Ushbu holat bevosita mehnat organlarining mas’uliyati va bu biz uchun juda ayanchli holat.

4. Sayyor qabulni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘zbo‘yamachilik va xatolikka yo‘l qo‘ygan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari mas’ul rahbar va xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Kelgusida bunday holatlarni oldini olish maqsadida mazkur masala Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi kun tartibi muhokamasiga kiritildi.

Ma’lumot o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan sayyor qabulida jami murojaat etgan 53 nafar fuqarolardan 37 nafarining murojaati ijobiy hal etilgan.

Xususan, murojaat qilgan fuqarolarning 22 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 7 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, 5 nafariga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun kredit olish masalasida tavsiyalar berilgan (bank bilan bog‘liq masalalar nazoratga olingan), 1 nafar fuqaroga shaxsiy tomorqasida issiqxona qurish uchun subsidiya ajratishga hujjatlari rasmiylashtirilgan.

© MintrudViezdnoy priyem ministra truda v Fergane
Bandlik va mehnat vazirligi O‘zA tanqidiga javob qaytardi - Sputnik O‘zbekiston
Viezdnoy priyem ministra truda v Fergane

1 nafar fuqaro kasbga yo‘naltirilgan. Xususiy Bandlik Agentligi  faoliyatidan norozi 1 nafar fuqaroning to‘lagan pullari undirib berildi.

2 nafar fuqaroning murojaati qalbakilashtirilganligi uchun asossiz deb topildi. 

Qolgan 14 nafar fuqaroning murojaatlarini hal qilish, ularni ishga joylashtirish masalasi yuzasidan joyida mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilgan va ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot xizmati

Yangiliklar lentasi
0