13:35 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
104 0 0

“Toshyoʻlovchitransxizmat” hamda “Toshtransdispetcherxizmat” - “Toshshahartransxizmat” bevosita boshqaruviga oʻtmoqda.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi korxona va muassasalarda yuz bergan oʻzgarishlar, ularning ayrimlari boshqa tizimga biriktirilganligi sababli jamiyat tarkibiy tuzilmasini yangidan tashkil etish boʻyicha yagona aktsiyador qarori qabul qildi.

Xususan, shu vaqtga qadar jamiyat tasarrufida boʻlgani holda mustaqil tarzda faoliyat yuritgan “Toshyoʻlovchitransxizmat” hamda “Toshtransdispetcherxizmat” unitar korxonalari “Toshshahartransxizmat” jamiyat tarkibiga birlashtirilmoqda.

“Buning natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroy va korxonalarning boshqaruv apparati boʻlib qolmay, unitar va boshqa turdagi tuzilmalarning vazifasini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz zimmasiga oladi. Jumladan, jamiyat tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari va korxonlarining jamoat transporti yoʻnalishlaridagi nazoratini, GPS loyihalarini hamda oylik yoʻl chiptalari va jetonlar yetkazib berishni bevosita amalga oshiradi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu oʻzgarishlarni amalga oshirishdan maqsad, poytaxt aholisiga koʻrsatilayotgan transport xizmati sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, harakat xavfsizligini taʼminlash ham asosiy vazifaga aylandi.

Asosiy mavzular