O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomalari qachon berilishi ma’lum bo‘ldi

© pixabayMujchina sidit s noutbukom na polu
Mujchina sidit s noutbukom na polu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Repetitorlik yoki frilanserlik qilayotgan, qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan va bir martalik ish turlari bilan band bo‘lganlarni o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar qatoriga qo‘shish mumkin.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilinadi.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tez kunlarda o‘zini-o‘zi band qilganlik guvohnomalari joriy etiladi

 “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi bo‘yicha) pulli asosida beriladi, ushbu to‘lovlarni undirishdan tushgan tushumlarning bir qismi o‘zini o‘zi band qilganlarning pensiya sug‘urtasini ta’minlashga maqsadli yo‘naltiriladi”, - deyiladi hujjat matnida.

Hujjat bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanishi belgilangan.

Hujatga ko‘ra, vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash hisobiga, 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va 20 foizi tumanlar (shaharlar) budjetlariga yo‘naltiriladi.

Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qaysi xizmatlar sohasi eng tez o‘sib bormoqda?

Vaqtinchalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizga to‘lanadigan ishsizlik bo‘yicha nafaqani va kasbga o‘qish davrida stipendiyani ololmaydi.

Mehnat guvohnomasi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra jismoniy shaxsning murojaati asosida 1 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Repetitorlik yoki frilanserlik qilayotgan, qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan va bir martalik ish turlari bilan band bo‘lganlarni o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar qatoriga qo‘shish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik muxbiriga O‘zbekistonda tez orada o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari joriy qilinishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0