23:14 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Abdulla Aripovga Moskva viloyatini boshqarish tizimi namoyish etildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Jamiyat
Havola olish
48310

Moskva viloyatini boshqarishda qoʻllanilayotgan zamonaviy tizimlar Abdulla Aripovda katta taassurot qoldirdi.   

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskva viloyatida Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, bu yerda qoʻllanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Biz siz bilan tez-tez uchrashib turibmiz va bu juda yaxshi. Bu Rossiya va Oʻzbekiston orasidagi munosabatlar oʻsishini anglatadi, bu iqtisodiy hamkorlik yanada chuqurlashayotganidan darak beradi”, - dedi Medvedev uchrashuv boshida.

Shuningdek, Rossiya bosh vaziri yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan tashrifi foydali va qiziqarli boʻlganini qayd etdi va oʻshanda Aripovga Moskvada qoʻllanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishtirishni vaʼda berganini aytib oʻtdi.

Oʻzbekiston bosh vaziri Moskva viloyatida boʻlgan tashrifidan olgan taassurotlari bilan boʻlishdi.

“Bugun biz Moskva viloyatida koʻrgan, yuqori texnologiyalardan foydalangan holda shunday yirik hududni boshqarish jarayonlari, ochigʻini aytganda -  bizni hayratga soldi”, - dedi Aripov va uning oʻzi ushbu soha mutaxassisi ekanini qayd etdi.

Bunga javoban Medvedev bundan xabardor ekanini va aynan shuning uchun taklif qilganini aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Abdulla Aripov Toshkent aloqa institutini bitirgan va elektr aloqasi muhandisi lavozimida bir necha yil ishlagan.

Asosiy mavzular