20:36 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske.

Oʻzbekiston AESning yana ikkita energoblokini quradi - OAV

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
74330

Oʻzbekistondagi birinchi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat boʻladi.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston atom elektr stantsiyasining yana ikkita energoblokini qurishga qaror qildi. Bu haqda respublika energetika vaziri Alisher Sultonov Kun.uz’ga intervyuda xabar berdi.

Avvalroq, “Rosatom” (RF) faqat ikkita energoblokdan iborat kompleksni qurishi maʼlum qilingandi.

Oʻzbekistondagi birinchi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat boʻladi. Birinchi energoblokni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda, ikkinchisi - 2030 yil. Oʻzbekiston va Rossiya atom elektr stantsiyasi uchun qurilish maydonchasini aniqladi. Bu Jizzax viloyatining Tuzkon koʻli yaqinidagi hudud boʻladi.

“Bizda 1200 MVt.dan ikkita blok, soʻng yana ikkita blok boʻladi. Maydoncha u yerda toʻrtta blokni joylashtirish hisobidan kelib chiqib tanlanmoqda”, – dedi Sultonov. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasini barpo etishga kirishildi.

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt boʻladi. Atom elektr stantsiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan.

Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlardan soʻng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hudud tanlangan. Bugungi kunda bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal suratlarda olib borilmoqda.

Stantsiyani 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular