Samarqandda yosh ustalar Lamborghini yasamoqda

© repost.uzLamborghini svoimi rukami: entuziasti sobirayut avto v garaje - foto
Lamborghini svoimi rukami: entuziasti sobirayut avto v garaje - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandlik yosh entuziast ustalar Lamborghini Aventador avtomobilini yasab sotishni rejalashtirmoqda. Tayyor avtomobil narxi 20 ming dollar.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchi paydo bo‘lishi mumkin. Samarqandlik yosh entuziast ustalar Lamborghini Aventador avtomobilini yasay boshlashdi, deb xabar qilmoqda Repost.

© repost.uzLamborghini svoimi rukami: entuziasti sobirayut avto v garaje - foto
Samarqandda yosh ustalar Lamborghini yasamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Lamborghini svoimi rukami: entuziasti sobirayut avto v garaje - foto

Ikki hafta ichida yosh ustalar avtomobil korpusini yasashga ulgurgan. Uning kuzovi qalinligi 0,7 mm bo‘lgan metalldan yasalgan, dvigateli mahalliy ishlab chiqaruvchiga tegishli bo‘ladi. Avtomobil ishlab chiqarish uchun 40 kun kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari 15 ming $ atrofida. Tayyor bo‘lgan avtomobilning narxi $ 20 ming.

Yosh ustalar aytishiga qaraganda, butun O‘zbekistondan xaridorlar ushbu avtomobilga juda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular suratga olgan video internetda paydo bo‘lganidan so‘ng havaskorlarga ko‘plab kishilardan qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Avtomobilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil dvigateli o‘rnatiladi. Ayni damda yangi avtomobilni YHXBda qaynday ro‘yxatdan o‘tkazish hozircha noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0