IIV Imon Karimova uchun Instagram᾽dagi xabarlarni kim tayyorlashiga oydinlik kiritdi

© InstagramV MVD rasskazali, kto gotovit publikatsii v Instagram Iman Karimovoy
V MVD rasskazali, kto gotovit publikatsii v Instagram Iman Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV Imon Karimovaga G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internet tarmoqlarida nashr etilgan materiallar haqida savol berdi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Imon Karimova Instagram sahifasidagi qoldirayotgan xabarlari xususidagi savollariga javob berdi. Bu haqda IIV xabar qilmoqda.

Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasida ko‘zda tutilgan huquqlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida qizi Imon Karimova bilan 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan.

Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova qamoqxonada oila a’zolari bilan uchrashdi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvdan so‘ng fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilgan.

Suhbat davomida u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirgan.

“G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internet tarmoqlarida nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham “Instagram”dagi “iman.k17” sahifasi unga tegishli ekanligini, ammo onasi G.Karimova bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida shveysariyalik advokat Greguar Manja Gulnora Karimovaning qamoqxonada og‘ir ahvolda saqlanayotganini ro‘kach qilib, Shveysariya sudi tomonidan O‘zbekistonga qaytarilishi kerak bo‘lgan 555 million dollarni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Chtenie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova qamoqxonada qanday kitoblar o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi

Bunga javoban, O‘zbekiston Adliya vazirligi vakillari 3-4 iyul kunlari  21-sonli ayollar jazoni o‘tash Koloniyasida bo‘lib, Gulnora Karimova qamoq jazosini o‘tash holatini batafsil o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijasida G. Karimova qamoqxonada qonun bo‘yicha mahbuslar uchun ruxsat berilgan barcha huquqlardan foydalanayotgani ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova 2015-yilning avgustida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 10-yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveysariyada saqlanadi

Yangiliklar lentasi
0