Oliy Sud Samandar Qo‘qonovni to‘liq oqlamadi

© UznewsSamandar Kukanov
Samandar Kukanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Sudi 1994-yilda qamalib 2016-yilda ozod qilingan Samandar Qo‘qonovni to‘liq oqlamadi.  

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Sudi sobiq deputati Samandar Qo‘qonovning arizasiga binoan uni to‘liq reabilitatsiya (oqlash) qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda Oliy Sud matbuot xizmati.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
"Haqiqat qamoqdan chiqdi" - O‘zbekistonda Samandar Qo‘qonov ozod qilindi

Ushbu yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyasi sobiq O‘zSSR Oliy Kengashi deputati Samandar Qo‘qonovning 22-aprel kuni topshirilgan kassatsion arizasini ko‘rib chiqdi. Sud kollegiyasi qaroriga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy sudining 1994-yilning 23-avgustidagi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Sud kollegiyasi o‘z qarori bilan S. Qo‘qonovga qo‘yilgan ayrim ayblovlarni olib tashladi, ba’zi moddalar bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar o‘z kuchida qoldirildi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 1994-yildagi tahririga binoan S.Qo‘qonovga 20-yil qamoq jazosi belgilandi.

“S.Qo‘qonov qamoq jazosini to‘liq o‘tab bo‘lganligini hisobga olib, sud qarorining qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 74 yoshli Samandar Qo‘qonov 1994-yilda 20-yil qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. 2016-yilning oktabr oyida S. Qo‘qonov ozodlikka chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0