18:53 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Devushka v pole

“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
175 0 0

“Ishonch telefoni”ga murojaatlar asosan Toshkent shahar, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelib tushmoqda.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Bu yil besh oyi davomida qisqa raqam “1146 – Ishonch telefoni”ga respublika xotin-qizlaridan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Bu haqda bugun oʻtkazilgan matbuot anjumanda Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanova maʼlum qildi.

Ularning eng koʻpi uy-joy, oilada oʻzaro kelishmovchilik, sud qaroridan norozilik, aliment undirish va mahalladan moddiy yordam olish masalalari tashkil etadi.

“Ishonch telefoni”ga murojaatlar asosan Toshkent shahar, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelib tushmoqda.

2018 yilda ayollarga nisbatan jami 5 664 holatda tazyiq va zoʻravonliklar sodir etilgan boʻlib, sodir etilgan jinoyatlar natijasida 932 nafar ayol jabr koʻrgan.

Bugungi kunda joylarda 165 ta zoʻravonlikdan jabr koʻrganlar uchun reabelitatsiya markazlari tashkil etilgan. Bu markazlarga 5 mingdan ortiq ayollar qabul qilindi. Ulardan 815 nafar ayol tibbiy yordam, 1486 nafariga psixolog yordami koʻrsatildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kredit olish uchun 496 ayolga yordam koʻrsatilib, 743 ayol ish bilan taʼminlandi.    

Asosiy mavzular