08:03 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
vnutri giganstkogo golubogo kupola kipit torgovlya

Xotin-qizlar qoʻmitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qoʻyadi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
142201

Oʻzbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qoʻmitaning boshlangʻich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar maʼrifatsiz "bozorchi ayol" nomiga munosib boʻlmasliklari uchun boshlangʻich tashkilot xonasida ular bilan maʼrifiy suhbatlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na maʼnaviyat, na maʼrifat bor. Ammo shu soʻzga mos boʻlmasligi uchun xotin-qizlar qoʻmitasi nima qildi?", - dedi bugun oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanova.

Shu oʻrinda, kuni kecha 10-iyul kuni Samarqand shahri Siyob bozorida roʻy bergan bir noxush holat esimga tushdi. MDH davlatlaridan kelgan mehmonlar bilan bozor aylanib, Bibixonim madrasasi yaqinida toʻplanib turgan edik, ana shunday bozorchi ayollardan biri kutilmaganda ichki ishlar organlari xodimlariga qoʻlini paxsa qilib, shangʻillab baqirib ketgani guvoh boʻldik. "Ikki yuz ming oylikka yashab boʻladimi? Nima demoqchisan?", - deb baqirardi qoʻlida turli suvenirlarni koʻtarib olgan, ogʻzi toʻla tilla tish ayol.

Ichki ishlar xodimi ayoldan qancha uzoqlashishga harakat qilsa, jazavasi tutgan ayol u tomon bostirib, baqirishdan toʻxtamasdi.

Ayolning harakatini mehmonlar hayron qarab kuzatishdi.

Shu tobda mehmonlar oldida izza boʻlishdan ham koʻra, ichki ishlar xodimiga koʻproq achindim. 

Eng achinarlisi, oradan yarim daqiqa oʻtmay, bozor darvozasi oldida ana shunday bozorchi ayollardan yana biri ichki ishlar xodimiga hujumga oʻtdi. Uni ikki-uch kishi toʻxtatishga harchand harakat qilmasin, ayol yulqinib, formadagi organ xodimiga tashlanmoqchi boʻlardi. Hayriyatki, shu vaqt avtobus tayyorligi eʼlon qilindi va mehmonlar bozordan uzoqlashdilar.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gavhar Alimovaning aytishicha, Siyob bozoridagi ayollarning oʻzini tutishi masalasi kun tartibida turgan muammoli masalalardan biri. Muammo shundaki, bundaylar hech kimni eshitmaydi va "orani ochiq" qilib kun kechirishga odatlanib qolgan.

Oʻzbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qoʻmitaning boshlangʻich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar maʼrifatsiz "bozorchi ayol" nomiga munosib boʻlmasliklari uchun boshlangʻich tashkilot xonasida ular bilan maʼrifiy suhbatlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning "Xotiram siniqlari"ga oʻxshash asarlar har kuni besh-olti martadan oʻqib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham koʻzda tutilgan.

"Bor harakatimiz bozor haqiqiqatan ham maʼrifat manbai boʻlishiga erishishga qaratiladi", - dedi Basitxanova.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gavhar Alimova tez kunlarda Siyob bozoriga chiqib, ayollar bilan shaxsan suhbat oʻtkazishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular