13:11 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Kamerы u stolichnыx rыnkov v pervыy den rabotы «poymali» 782 narusheniya

Poytaxt bozorlari yaqinidagi kameralar ilk ish kuni nechta qoidabuzarlikni qayd etdi?

Press-slujba GUVD goroda Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
311 0 0

Oʻrnatilgan kameralar 360 gradusga oʻgirila oladi. Avtomobil mumkin boʻlmagan joyda toʻxtagach, videokamera avtomatik tarzda vaqtni va “qoidabuzar” avtomobilning davlat raqamini qayd etadi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Toshkent xalqa avtomobil yoʻlidagi “Toshkent savdo markazi”, “Bek Toʻpi”, “Chilonzor buyum bozori” va “Oʻrikzor” bozorlari yaqinida oʻrnatilgan kameralar birinchi ish kuni haydovchilar tomonidan 782 ta “Toʻxtash taqiqlangan” (3.27) belgisini mensimaslik holatini qayd etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzilishi nuqtai nazaridan poytaxt bozorlari eng muammoli joylar hisoblanishadi. 

3.27 belgisi ostida avtomobilni toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 soʻm) jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Mazkur kameralar 10 iyuldan ish boshladi. Ular 360 gradusga oʻgirila oladi. Avtomobil mumkin boʻlmagan joyda toʻxtagach, videokamera avtomatik tarzda vaqtni va “qoidabuzar” avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Maʼlumotlar onlayn-tarzda bazaga yoʻnaltiriladi, u yerda esa jarima solish boʻyicha qarorni shakllantirib, uni pochta orqali qoidabuzarga joʻnatish uchun yoʻllaydi.

Asosiy mavzular