12:38 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
110220

2019 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda yangi telekanal oʻz ish faoliyatini boshlaydi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berildi. Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi Oʻzbekistonning koʻhna va boy tarixi, xalqimizning jahon tsivilizatsiyasiga qoʻshgan ilmiy, madaniy va maʼnaviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.

Asosiy mavzular