19:35 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

FVV xodimlari Navoiy viloyatida noodatiy reyd boshlashdi

© Press-slujba MCHS Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
383 0 0

Daryo va kanallar boʻyida “Choʻmilish taʼqiqlanadi” yozuvlari boʻlgan 356 dona ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatildi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda viloyat hududlaridan oqib oʻtuvchi choʻmilishga ruxsat berilmagan kanallar va daryolarda reydlar oʻtkazilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Reydlar davomida choʻmilish uchun ruxsat etilmagan suv havzalarida choʻmilayotgan fuqarolarga ushbu hududlarda choʻmilish mumkin emasligi tushuntirilib, suv havzalaridan chiqarib yuborilmoqda, hamda voyaga yetmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ularga kitoblar berilmoqda.

Bundan tashqari mavsum boshidan viloyat hududidan oʻtgan daryo, kanallar va ichki ariqlar boʻylarida “Choʻmilish taʼqiqlanadi” yozuvlari boʻlgan 356 dona ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatildi.

Asosiy mavzular