21:22 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
40501

2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qoʻllanadi.

TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Vazirlik oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boʻyicha yagona davlat siyosatini, shuningdek oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qoʻllanadi;

Vazirlik markaziy apparatining:

- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;

- fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilanadi.

Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda joriy yil 1 sentyabrdan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foizga oshirilishi haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular