18:46 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prestupnik za reshetkoy

Oʻzbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zoʻrlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
379 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etgan fuqarolarni qanday jazo kutishi eslatib oʻtdi.

Sirdaryoda qarzdor MIB xodimini kaltakladi

Bu kabi holatlar mamlakatda bot-bot quloqqa chalinib turadi. Misol tariqasida aytadigan boʻlsak, kuni kecha Jizzax viloyatida fuqaro YXHB xodimining pogonini yulib olib, uni urib, boʻyin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazdi. Surxondaryoda esa ikkovlon MIB xodimlarini doʻpposlab, xizmat faoliyatini bajarishdan voz kechishga majbur qildi. Bunday holat Andijonda ham kuzatildi. Fuqaro davlat inspektorini boshiga urib, tan jarohati yetkazdi. Yuqorida sanab oʻtganlarimiz hammasi emas.

Toshkent viloyatida militsiya xodimiga "kalla qoʻygan" fuqaro qoʻlga olindi

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan:

- qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

- haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Asosiy mavzular