19:27 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov

Toshkentdagi Moskva energetika instituti filialiga abituriyentlardan hujjat qabuli boshlandi

© Telegram
Jamiyat
Havola olish
253 0 0

Moskva energetika instituti milliy tadqiqot universitetining Toshkentdagi filialida hujjat qabul boshlandi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. 2019 yil 10 iyuldan Toshkent shahridagi MEI MTU filialida 2019/2020 oʻquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qabul hujjatlari Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbek-Yapon yoshlar innovatsiya Markazi binosida qabul qilinadi.

Hujjatlar 25 iyulgacha qabul qilinadi.

2019/2020 oʻquv yili uchun Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialida bakalavrlarni tayyorlash qabul kvotasi 150 nafar etib belgilandi, umumiy qabul kvotasining 30%ini Oʻzbekiston Respublikasi davlat buyutmasi (byudjeti) hisobidan tashkil etiladi.

Quyidagi bakalavr taʼlim yoʻnalishlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi:

- Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi – 50;

- Elektr energetikasi va elektr texnikasi – 100.

Abituriyentlarga bir nechta oliy taʼlim muassasalariga ariza berish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida filial tomonidan hujjatlarni nusxalarini notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi bilan qabul qiladi.

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etilgan “MEI” MTUning belgilangan turdagi diplomi beriladi.

Asosiy mavzular