19:52 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oʻzbekistonda 1 avgustdan ish haqi, pensiya va stipendiya miqdori oshiriladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
246710

2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 10% ga oshiriladi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,1 (10%)  baravar oshirildi.

2019 yilning 1 avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000  soʻm;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 soʻm;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  soʻm;

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab:

- II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

- II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

2019 yilning 1 avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.

Asosiy mavzular