21:58 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Odnu iz ulits Tashkenta ochistili ot reklamы i vыvesok

Toshkentda tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻim stavkalari tasdiqlanadi

Facebook
Jamiyat
Havola olish
129 0 0

Hujjatga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻimlar miqdori ilova qilingan.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. “Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻimlar undirish vaqtinchalik tartibini belgilash va 2019 yil uchun yigʻim stavkalari toʻgʻrisida” poytaxt hokimligining qaror loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻimlar miqdori ilova qilingan.

Hujjatda loyihasida tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻim undirish tartibi tasdiqlangunga qadar Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish boʻyicha ishlar (shartnomalarni tuzish, yigʻimlarni undirish, hisobini yuritish va boshqalar)ni Toshkent shahar hokimligi taʼsischiligidagi “Poytaxt reklama servis” DUK zimmasiga yuklatilishi belgilangan.

“Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun 2018 yil 1 dekabridan yigʻiladigan yigʻimlarning 10 foiziini “Poytaxt reklama servis” DUK ihtiyoriga, 90 foizini Toshkent shahar mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriilishi belgilansin”, - deyilgan loyihada.

Hujjat 27 iyulgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular