Ekologiya qo‘mitasi Burchimulladagi topchanlarni olib tashladi

© GoskomekologiiGoskomekologii ubrali topchani v Brichmulle
Goskomekologii ubrali topchani v Brichmulle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekologiya qo‘mitasi Burchimullada tekshiruv o‘tkazib suv bo‘yida qonunga xilof ravishda o‘rnatilgan topchanlarni olib tashladi.

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Burchimulla davlat o‘rmon xo‘jaligiga mansub Urungoch soy xavzasida qonunga xilof ravishda o‘rnatilgan topchanlarni olib tashladi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

© GoskomekologiiGoskomekologii ubrali topchani v Brichmulle
Ekologiya qo‘mitasi Burchimulladagi topchanlarni olib tashladi - Sputnik O‘zbekiston
Goskomekologii ubrali topchani v Brichmulle

Xabarda aytilishiga ko‘ra ushbu hududning bir qismi Chotkarayev Ulan Turdibayevich va Qudratullayev Bexruz Qutlimuradovichga 2019-yilning 21-may va  20-iyunda imzolangan shartnomalarga muvofiq ijaraga topshirilgan.

Shartnomaga muvofiq ushbu fuqarolar tomonidan jami 10 ta topchan o‘rnatilgan bo‘lib, shulardan 5 tasi Urungoch soy kichik ko‘lining qirg‘oq oldi mintaqasiga joylashtirilganligi aniqlandi.

Tekshiruv davomida ushbu topchanlarning beshtasi qonunga xilof ravishda suv havzasi qirg‘og‘iga yaqin joylashgani va suvni ifloslantirgani aniqlangan va Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga asosan, fuqarolarning har biriga nisbatan jarimalar belgilanib, kelgusida ushbu holat qayta sodir etmasligi bo‘yicha ogohlantirildi, deyilgan xabarda.

© GoskomekologiiGoskomekologii ubrali topchani v Brichmulle
Ekologiya qo‘mitasi Burchimulladagi topchanlarni olib tashladi - Sputnik O‘zbekiston
Goskomekologii ubrali topchani v Brichmulle
Yangiliklar lentasi
0