20:37 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
119011

Hujjatlarni qabul qilish uchun bir kun qolganda - onlayn hujjat topshirish tizimi ishga tushdi.

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Qabul tugashiga 1 kun qolganda abituriyentlar uchun onlayn hujjat topshirish xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda davlat xizmatlarining Yagona portali.

Endi abituriyentlar navbatda turmasdan mana shu havola orqali https://my.gov.uz/uz/students-admission quyidagi 5 ta OTMlarga hujjat topishirishlari mumkin:  

  • Toshkent davlat yuridik universiteti
  • Samarqand Davlat universiteti
  • Qarshi davlat uriversiteti
  • Fargʻona davlat universiteti
  • Guliston davlat universiteti

Onlayn hujjat topshirish uchun hech qanday hujjat boʻlishi kerak emas, ularning raqamini bilsa boʻldi. Shuningdek elektron imzo olish ham kerak boʻlmaydi. Onlayn hujjat qabul qilish xizmati uchun toʻlov olinmaydi. 

Eslatib oʻtamiz, bugun hujjat topshirishning soʻnggi kuni. Qabul komissiyalari soʻnggi abituriyent qolguniga qadar hujjatlarni qabul qilishi kerak. Faqat sirtqi oʻqish uchun qabul 15 iyulgacha (oʻsha kuni ham).

Asosiy mavzular