21:40 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
33210

Tadbirkor va investorga kafolat kerak. Kafotlat boʻlishi uchun qarorlar qonunga muvofiq qabul qilinishi kerak, deb hisoblaydi deputat Rasul Kusherbayev.

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Jismoniy va yuridik shaxslar koʻchmas mulklarini turli sabablarga koʻra buzish huquqini toʻliq sudlarga topshirish kerak, dedi OʻzLiDep deputati Rasul Kusherbayev, OʻzA xabariga asosan.

Afsuski, soʻnggi vaqtlarda jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulklarini davlat, jamiyat ehtiyoji uchun degan bahonalar bilan qonunlarga rioya qilmasdan buzish holatlari koʻplab uchramoqda.

“Biz fuqarolarning koʻchmas mulkini buzish haqida qaror qabul qilish vakolatini hokimlardan olib, toʻliq sudlarga berishimiz zarur. Chunki koʻpchilik hokimlar bu boradagi qonun talablarini buzib, fuqarolarning mulk huquqlariga putur yetkazmoqda. Sud esa qonunlarga asosan qaror qabul qiladi”, - deydi deputat.  

Kusherbayevning fikriga koʻra ushbu bilan, koʻchmas mulk egalari, tadbirkorlarning mulk daxlsizligini taʼminlashda yangi qadam tashlangan hamda xorijiy investorlarni mamlakatimizga yanada koʻproq jalb qilishga ham turtki boʻladi.

Shuningdek, deputat sudlar jamoatchilik oldida hisobot berishi kerak va agar ularning ishi qoniqarsiz deb topilsa – lavozimidan ozod qilinishi kerak – degan tashabbusni ham ilgari surdi.

Asosiy mavzular