O‘zbekistonda va’dalar bajarilishini kuzatib boruvchi sayt ochildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Va’daga vafo mardning ishi -  bundan buyon amaldorlar va’dalari doimiy kuzatuv ostida bo‘ladi.  

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda amaldorlar va’dalarini bajarilishini kuzatib boruvchi sayt ochildi.

Vada.uz – sayti prezident, bosh vazir, hokim, vazirlar va boshqa yirik amaldorlar bergan va’dalari va ularning bajarilish muddatlarini ro‘yxatga olib, keyin ularning bajarilishini kuzatib boradi.

Ayni damda ushbu saytda 24 ta va’da qad etilgan bo‘lib, ularning 3 tasi bajarilgan, 9 tasi bajarilmagan va 12 tasi “bajarilmoqda” – maqomiga ega.

Bajarilmagan va’dalar ro‘yxatidan xususan qo‘yidagilar o‘rin olgan:

  • Jurnalistlar uchun ID kartalar kiritilishi;
  • YPX xodimlari uchun 1-iyuldan bodi kameralar joriy etilishi;  
  • O‘zbekistonda loukoster aviakompaniyaning paydo bo‘lishi;
  • Barcha metro bekatlarida Wi-Fi paydo bo‘lishi;
  • O‘zbekistonda internet tezligi 10 baravar oshishi va boshqalar bor.

Bajarilgan va’dalar esa quyidagilardan iborat:

  • 1 yanvardan yangi xorijga chiqish pasportlari kiritilishi;
  • Ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga to‘liq nafaqa to‘lanishi;
  • Bepul yuridik maslahat beruvchi sayt ishga tushishi;  

Ushbu sayt yaratuvchilari mana shunday namoyishli monitoring orqali va’da beruvchi amaldorlarga ularning va’dalarini doimiy eslatib turishni va ularning va’dalarini bajarishga qo‘shimcha stimul bo‘lishga umid qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0