07:37 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
27801

Samarqandda barcha ichuvchi erlar roʻyxatga olindi. Endi ular alkogolga tobelikdan majburiy davolanadi.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Samarqandda doimiy alkogol isteʼmol qiluvchi erkaklar roʻyxati tuzildi. Endi ular majburiy davolashdan oʻtishi kerak boʻladi.

Bu haqida jurnalistlarga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Mukarram Nurmatova xabar qildi.

“Biz piyonista erkaklarning roʻyxatini tuzishga majbur boʻldik, chunki ular kecha-kunduz ichkilik ichib, jamiyatga faqat ziyon yetkazadi. Bizning niyatimiz shuki, erkaklar ichkilik ichib, ayollarimiz bilan janjal qilmasinlar. Shu maqsadda roʻyxatdagilarni majburlab shifoxonalarga joʻnatdik. Davolansinlar, boshqalar kabi bir qirda, bir sirda yashasinlar…”, - dedi Nurmatova.   

Eslatib oʻtamiz, bir necha oy oldin  Samarqand viloyati bulungʻur tumanida doimiy alkogol ichuvchi er xotiniga ogʻir jarohat yetkazilgan va u kasalxonaga yotqizilgan edi. Oʻshanda ushbu vaziyat bilan viloyat xotin – qizlar qoʻmitasi shugʻullanib, Samarqanddagi barcha piyonista erkaklarni roʻyxatga olishni va ularni nazorat qilib borishni vaʼda bergan edi.

Asosiy mavzular