08:43 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
33510

Adliya vazirligi Oʻzbekistonda yosh oilalarga qaysi maqsadlarda mikrokreditlar berilishi haqidagi eslatma bilan chiqdi.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Adliya vazirligi Oʻzbekistonda yosh oilalarga quyidagi maqsadlarda mikrokreditlar berilishini eslatdi.

Unga koʻra:

  • oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
  • mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:

  • oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi;
  • ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
  • moliyaviy isteʼmol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Asosiy mavzular