14:46 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
56120

Oʻzbekiston Moliya vaziri oʻrinbosari Shohruh Shorahmetov ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun qancha mablagʻ ajratilishi haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Bugun, 15 iyul Xalqaro press-klubda “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoniga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. 

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari Shohruh Shorahmetov oylik va pensiyalar oshirilishi uchun qancha mablagʻ ajratilishi haqida maʼlumot berdi.

Bu haqda yigʻilishda ishtirok etgan Sputnik muxbiri xabar qildi.

Moliya vaziri oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, har yili oylik miqdorini oshirish boʻyicha prezident farmoni chiqardi. Ammo bu 12 iyulda chiqqan farmonda davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamlarini himoyalash maqsadida qoʻshimcha tadbirlar koʻzda tutilgan.

“Ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha, misol uchun 2-chi guruh nogironlari yoki boquvchisini yoʻqotgan bollar masalasi, 1-2-chi guruh nogironlar toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak - ular eng qiyin ahvolda deb aytsak boʻladi, chunki agar 3-chi guruh nogironlar  koʻproq ishga qobiliyati bor boʻlsa, 1-2 chi guruh ularni ishlash masalasi ogʻirroq boʻladi. Lekin ularning koʻpchiligi ishlashga harakat qilishadi. Shuning uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan”, - deb taʼkidladi Moliya vaziri oʻrinbosari.

Shorahmedovning soʻzlariga koʻra, prezident farmoniga asosan oylik yoki pensiyalar miqdori 10 foizga oshirilmoqda.

“Bu kammi yoki koʻpmi deydigan boʻlsak, shuni aytib qoʻyish kerakki, umuman oyliklarni oshirish maqsadida respublikamiz byudjetida 56 trillion soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan. Faqatgina hozirgi oylik oshirish uchun 2,2 trillion soʻm koʻzda tutilgan edi. Byudjet parametrlarida aslida oyliklar miqdorini 7 foizga oshirish koʻzda tutilgan edi, lekin prezidentning tashabbuslari va qarorlari bilan bu miqdor 10 foizga oshirildi”, - deb taʼkidladi Moliya vaziri oʻrinbosari. 

Shu maqsadlarga byudjetdan qoʻshimcha mablagʻlar ajratish koʻzda tutilgan. Yana qoʻshimcha 361 milliard soʻm ajratiladi. Bu pensiyaga taʼsiri qilgani uchun pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar - yil oxirigacha 463 milliard soʻm ajratish koʻzda tutilgan.     

“Oylik oshirilishi masalasi juda dolzarb masala, oʻylaymanki, ayniqsa byudjet tashkilotlarimizda 2,5 million aholining farovonligi, turmush darajasini oshirilishiga yordam beradi deb oʻylaymiz”,- deb qoʻshimcha qildi Moliya vazirligi vakili.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 10 foizga oshiriladi.

2019 yilning 1 avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000  soʻm;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 soʻm;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  soʻm;

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdori belgilandi.

Asosiy mavzular