Pensiya bilan nafaqaning farqi nimada

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBaxodir Umurzakov
Baxodir Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pensiya bilan nafaqaning farqi, menhnat munosabatlarida raqobat va maoshlar oshirilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanidan reportaj.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Ko‘p hollarda OAVlarda pensiya bilan nafaqa tushunchalari noo‘rin ishlatiladi. Ba’zan hatto pensioner so‘zi o‘rniga “nafaqaxo‘r” so‘zini yoki “nafaqagi chiqdim” iborasini hab ishlatib yuboriladi, bu albatta noto‘g‘ri, deydi Mehnat munosabatlari tadqiqotlari markazi direktori Bahodir Umurzoqov. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Shoxrux Shoraxmedov - zamestitel ministra finansov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi va pensiyani oshirish uchun qancha qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi - Moliya vaziri o‘rinbosari

Pensiya - bu mehnat faoliyati tufayli belgilangan to‘lov. U inson umrining oxirigacha to‘lab boriladigan, doim oshib boradigan to‘lov.

Nafaqa – bu ijtimoiy yoki oilaviy vaziyat tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamlariga bir marotaba yoki  bir muddatga beriladigan to‘lovdir.

Masalan nogironlik uchun to‘laydigan pensiyamiz bor, yoki nogironlik uchun yoshlikdan to‘lab kelinadigan nafaqa bor.

Yangiliklardan bir shuki, Bu yil odamlar to‘lovlarni o‘z vaqtida berib borilayotganini borib tekshiramiz. Har bir farmon e’lon qilinganda xar bir korxona raxbari o‘z xodimlari faoliyatini nazorat qilib orishi kerak. O‘z vazifasini yaxshi bajarmayotgan xodimlar hisobidan yaxshi ishlayotgan xodimlar maoshini oshirib borish kerak.  Bu bozor munosabatlaridan raqobat turidan biri desa ham bo‘ladi. Buning maksadi - odamlarning mehnatga bo‘lgan  munosabatini o‘zgartirish ham, deydi mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda 2019-yilning 1-avgustidan barcha pensiya va budjet tashkilotlari xodimlari maoshlarini  10%ga oshirish haqida prezident farmoni imzolangan edi.   

Yangiliklar lentasi
0