07:15 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
758 0 0

Barcha aviakompaniyalar davlatga tegishli boʻlgani yaxshi, - deb hisoblaydi Rossiya aeroportlar assotsiatsiyasi direktori.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Rossiya aeroportlarining assotsiatsiyasi bosh direktori - Gorbachev Viktor Ivanovich aviatashuv xizmatlari sohasidaga monopoliya haqida Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.

Oʻzbekistonning besh aeroporti bizning aʼzomiz. Men har yil Oʻzbekistonga 1-2 marotaba borib kelaman. Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi aeroportlarda koʻp marotaba boʻlganman. Shuni ishonch bilan aytishim mumkin-ki, Oʻzbekiston havo yoʻllari oʻz vazifalarini toʻliq bajarmoqda.  

Gorbachev: chastnыm aviakompaniyam v Uzbekistane negde razvernutsya

Xususiy avikompaniyalar masalasiga kelsak - biznes va tijorat parvozlar uchun xususiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalansa boʻladi, lekin doimiy parvozlar amalga oshirganda yoki katta gurh sayyohlarni charter parvozlarda tashilganda – bir yoki ikkita yirik aviakompaniya boʻlsa yetarli. 

Menimcha, barcha yirik aviakompaniyalar davlat ixtiyorida boʻlsa yaxshi. Nimaga deganda, yangi va zamonaviy aviatsion texnika xarid qilish uchun ulkan mablagʻ kerak. Xudo koʻrsatmasin biror kor-hol boʻlib qolsa, xususiy kompaniya mablagʻni qayerdan oladi?

Davlat oʻziga tegishli boʻlgan korxonaga bu masalada yordam berishi mumkin. Uning uchun turli preferentsiyalar yaratishi mumkin. Masalan Rossiyada Aeroflot 85-90 %ga davlatga tegishli korxona va shunday boʻlgani juda yaxshi.   

Oʻzbekiston havo yoʻllariga kelsak – bugungi kunda ular oʻz vazifalarini toʻliq bajarmoqda. Ularning samolyotlar parki ham juda yaxshi Airbus, Boeing, ularda hatto biznes klass ham bor, va eng asosiysi – ularning samolyotlari doim toʻla.

Ikkinchidan esa - Oʻzbekistonda aviatsiya xizmatlari bozori ham hudud ham unchalik katta emas, bir necha xususiy aviakompaniyalar uchun torlik qilishi mumkin, deydi ekspert.

Narxi qimmat deysizmi?

Narx-navo siyosatiga kelsak – buni davlat hal qiladi. Buning uchun monopoliyaga qarshi qoʻmita bor, Oʻzbekiston havo yoʻllarirning markaziy apparati bor. Keling bu masalani davlat bilan muhokama qilaylik. 

 

Asosiy mavzular