00:01 23 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennыx abituriyentov

Oʻzbekistonda qancha abituriyent oʻqishga hujjat topshirdi?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
718 0 0

Bu yilgi qabul jarayonida eng yosh abituriyent 14 yoshni, eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni tashkil etdi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. 2019/2020 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish yakunlandi. 

Davlat test markazi maʼlumotlariga qaraganda, respublika boʻyicha jami 60 ta oliy taʼlim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtkazildi.

Shundan kunduzgi taʼlim shakliga - 718 097 nafar, kechki taʼlim shakliga - 13 821 nafar, sirtqi taʼlim shakliga - 335 007 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.

Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish 90 ta oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi

Bu yilgi qabul jarayonida eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun), eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni (87 yosh 182 kun) tashkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlangan oliy taʼlim muassasasi Samarqand davlat universiteti boʻlib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topshirgan. 45 ming 977 nafar abituriyent tanlagan Andijon Davlat universiteti ikkinchi, Qarshi davlat universiteti esa 44 ming 676 nafar abituriyent bilan uchinchi oʻrinda qayd etilgan.

Tanlov koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasasi (birinchi sifatida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga nisbatan, bir oʻringa) esa Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (29,47) boʻldi.

Asosiy mavzular