08:36 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Kontrakt toʻlovlarini ish beruvchi korxona tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
30110

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibini joriy etish toʻgʻrisida hujjat tayyorladi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. “Talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tayyorladi.

Qaror loyihasiga talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

“Ish beruvchi korxonalar tomonidan talabalar kontrakt toʻlovlarining amalga oshirilishida ayrim toifadagi (chin yetimlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam taʼminlangan, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda iqtidorli) fuqarolarga imtiyozlar berilishi tavsiya etilsin”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatda talaba, oliy taʼlim muassasasi va korxona (ish beruvchi) oʻrtasida oliy kasbiy taʼlimga ega boʻlgan mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash boʻyicha Namunaviy shartnoma namunasi keltirilgan.

Shuningdek, hisobidan oliy taʼlim muassasalari talabasiga toʻlov-kontrakt pullarini toʻlash va oliy taʼlim muassasini bitirgandan keyin korxona bilan mehnat shartnomasini tuzish majburiyati boʻyicha ikki tomonlama shartnoma ilova qilingan.  

Shartnomada korxona quyidagi majburiyatlari qayd etilgan:

- joriy oʻquv yili uchun belgilangan oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida toʻlash;

- taʼlim olishning toʻlov-kontrakt shakliga qabul qilingan talaba tomonidan taqdim etilgan toʻlov taqdimnomasi boʻyicha shartnoma asosida zarur summani OTMning hisobvaragʻiga quyidagi muddatlarda oʻtkazish orqali toʻlash:

- OTMning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar uchun toʻlash uchun belgilangan summaning kamida 50 foizi – 15 sentyabrgacha, ikkinchi va uchinchi kurs talabalari uchun – 1 oktyabrgacha, toʻlash uchun belgilangan summaning qoldigʻi – 1 martgacha.

- eng kam oylik ish haqi miqdori yoki tariflar oʻzgarganda, oʻqishning qolgan muddati uchun bir oy muddat ichida taʼlim muassasasiga haq toʻlash va kontraktga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

- taʼlim yunalishi (mutaxassisligi)ni oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqish, diplom oldi amaliyotini oʻtash va shu davrda talabaga sharoit yaratish;

- oliy taʼlim muassasasini tugatgach haq toʻlanadigan shtat lavozimiga ishga qabul qilish, ish joyi bilan taʼminlash, ishlashga sharoit yaratish va uning oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish majburiyatini oladi.

“Shartnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida toʻlay olmasa, Talaba (Xodim)  Korxonaga har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima toʻlaydi”, - deyilgan shartnoma matnida.

Asosiy mavzular