01:41 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL

Terrorchilar juda yosharib ketdi - maxsus xizmat vakili

© Sputnik / Andrey Stenin
Jamiyat
Havola olish
851 0 0

“Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qoʻmondoni Yuriy Pogiba yoshlar terrorchilar safiga kirib qolishining asosiy sabablarini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Qirgʻiziston “Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qoʻmondoni, atiterror kuchlar xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Yuriy Pogiba yoshlar terrorchilar safiga kirib qolishining asosiy sabablarini aytib oʻtdi. 

Pogibaning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda KXSHT mamlakatlari yoshlari bilan ideologik jihatdan ishlashni imkon qadar ertarok yoʻlga qoʻyish kerak, chunki terrorchilar yoshi juda yosharib ketmoqda.

“Masalan Checheniston urushi vaqtida terrorchi obrazi - oʻrta yoshli “soqllli amakilar” edi. Hozir boʻlsa ularning oʻrtacha yoshi 17-23 ni tashkil qilmoqda. Terroryailar orasida hatto 12-14 yoshli bolalar ham uchraydi”, - deydi mutaxassis.

Yuriy Pogiba aytishiga qaragandan, terrorchilar yollovchilarii uchun aynan oʻsmir yoshda boʻlgan yoshlar bilan ishlashdan manfaatdor. Chunki ushbu yoshda bolalar ogʻriqdan va oʻlimdan qoʻrqmaydi, qahramon boʻlishni istaydi.

Pogiba KXSHT mamlakatlarida yoshlar bilan ishlash yagona strategiyasini ishlab chiqish kerak, aks holda milliy xavfsizlin uchun buning oqibatlari ayanchli boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular