O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlardan biri deb topildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bir oilaning oylik yashash xarajatlari o‘rtacha 1150 $ga teng deb topildi. Bu dunyoda eng past ko‘rsatgichlardan biri.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. O‘zbekiston dunyoda yashash uchun eng arzon mamalakatlardan biri deb topildi. Bu haqida Numbeo portali xabar qilmoqda. 

Aslida ushbu reyting “Yashash narxi reytingi” deb ataladi. Uni aniqlash uchun dunyodagi 136ta mamlakatda inson yashashi uchun kerak bo‘ladigan asosiy xarajat turlarini aniqlab, ularning o‘rtacha qiymatini hisoblab chiqqan.

O‘zbekiston "Baxt indeksi" bo‘yicha Italiya va Yaponiyadan oldinda

Reytingni hisoblashda ya’ni oziq-ovqat narxi, turar joy ijara to‘lovlari, ipoteka to‘lovlari, transport va sug‘urta to‘lovlari, restoranlar narxi hamda mahalliy aholining zrtacha maoshi,  sotib olish imkoniyatlari miqdori hisoblab chiqilgan.

Reyting jadvalida ko‘rsatilgan raqamlar bu – ballardir. Ballar Nyu York shahri yashash indeksiga nisbatan aniqlangan. Ya’ni Nyu York shahrida yashash indeksi – 100 ball, pul qiymatida -4600 $ deb belgilangan. 

Boshqa davlatlarda ushbu indeks u yerda yashash Nyu Yorkdan qimmat yoki arzonligini bildiradi. Masalan, Shveysariya – 122 ball olgan. Demak ushbu mamlakatda bir kishi yoki oila uchun bir oylik yashash xarajatlari Nyu Yorkdan  22% qimmat, ya’ni - 5612 $ ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston esa reytingda 25 ball olgan. Demak O‘zbekistonda yashash Nyu Yorkka nisbatan 4 baravar arzon, ya’ni 1150 $.

Numbeoga ko‘ra O‘zbekiston dunyodagi yashash uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar orasida - 6 o‘rinni egallagan. Oldinda faqat Pokiston, Afg‘oniston, Suriya va Hidiston kabi mamlakatlarni ko‘rish mumkin.

Qo‘shni Qirg‘izistonda yashash O‘zbekistondan ko‘ra qimmatroq – 28 ball, Qozog‘istonda – 30,  Ukraina – 30 ball.

O‘rtacha indeksli mamlakatlar – Turkiya (35 ball), Indoneziya (36), Rossiya (38), Polsha (39), Xitoy (40), Eron (41), Litva (45), Chexiya (45). Eng qimmat mamlakatlar esa – Norvegiya (104), Yaponiya (85), Gollandiya (83), Singapur (80), Isroil (79)va Janubiy Koreya (75).

Yangiliklar lentasi
0