13:27 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
82 0 0

Toshkent shahrida jinoyatlar soni qanchaga kamaygani maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Joriy yilning birinchi yarmida Toshkentda jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18,7% ga kamaydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2019 yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida umumiy jinoyatlar soni 649 taga yoki 18,7 foizga (3469 ta – 2018 y.; 2820 ta – 2019 y.) kamaygan.

Shahar koʻchalarida va jamoat joylarida jinoyatchilik keskin - 41,7%ga (412 ta – 2018 y.; 240 ta – 2019y.) kamaygan.

Jinoyat qidiruv yoʻnalishi boʻyicha jinoyatchilik darajasi 30,4% ga (2544 ta – 2018 y.;   1770 ta – 2019 y.) kamaygan.

Shuningdek, oʻgʻrilik 51,9 foizga (524 tadan 252tagacha ), talonchilik 36,7 foizga (60 tadan 38 tagacha), bosqinchilik 52,4 foizga (21 tadan 10tagacha), bezorilik 34,1 foizga (82 tadan 54 tagacha) kamaygan.

Asosiy mavzular