O‘zbekiston va Yevropa qamoqxonalari nimasi bilan farq qiladi?

Djamshid Sultonov
Djamshid Sultonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa qamoqxonalari shunchaki insonni ushlab turish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, O‘zbekiston qamoqxonalari uni qayta tarbiyalashga moslashtirilgan - IIV.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekiston qamoqxonalarida yaratilgan sharoitlar va ularning Yevropa qamoqxonalaridan farqi haqida IIV  Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i  Jamshid Sultonov jurnalistlarga hikoya qilib berdi. 

“Har bir mamlakatning o‘zi qabul qilgan stadartlari mavjud. Dunyo standarti sifatida Yevropa davlatlarini oladigan bo‘lsak, ularda jazoni o‘tash shart-sharoitlari umuman boshqacha, jazoni ijro etish koloniyalari ham boshqacha. Lekin butun dunyoda jazo muddatini o‘tayotgan, qamoqxonalarda saqlanayotgan mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan va ular uchun yaratiladigan sharoitlarning minimal standartlari bor, bu Nelson Mandela qoidalari deb ataladi. O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari mazkur Nelson Mandela qoidalariga to‘la mos keladi”, — deydi Sultonov.

Shu bilan birga boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston qamoqxonalarining Yevropa qamoqxonalaridan farqi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Smena karaula v Ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston qamoqxonasida uyushtirilgan ison ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

“Yevropa koloniyalari, qamoqxonalari mahkumlarga faqat jazoni o‘tash uchun xizmat qiladi. Ya’ni, u yerda ularning qochib ketmasligi, kasal bo‘lsa davolanishi, ovqat bilan ta’minlanishi kafolatlanadi, xolos. O‘zbekistonda esa mahkumlarni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. G‘arb muassasalarida asosan shaxsni saqlab turish ko‘zda tutilsa, bizda katta e’tibor tarbiyaga, to‘g‘ri yo‘lga solishga qaratiladi. Tubdan farqlanadigan jihatimiz shunda”, - dedi Sultonov.

Qayd etilishicha, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni qonunlarga hurmat va itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ular ongida mehnatga ijobiy munosabat uyg‘otish orqali kelgusida takroran jinoyat sodir etishlarining oldini olish, ozodlikka chiqqach jamiyatga oson moslashuvini ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni o‘qitish va kasbiy tayyorlash tizimi, o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim imkoniyatlarini tatbiq etish rejasi ishlab chiqilgan. Shu asosda koloniyalarda 1 ta umumta’lim va 4 ta kasb-hunarga o‘rgatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalariga jami 2 648 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0