Toshkent viloyatida bir kunning o‘zida 531 nafar piyoda jarimaga tortildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodi perexodat dorogu
Peshexodi perexodat dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
531 nafar fuqaroga nisbatan 35 million 883 ming 210 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Toshkent viloyatida bir kunda 531 nafar piyoda jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari (YTH) kompleks tahlil qilinganda, har ikki yo‘l-transport hodisalarining biri piyodani urib yuborish holatiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Peshexodniy perexod v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida piyodalar ishtirokida 213 ta YTH sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, qariyb  50 foiz holatda aynan piyodaning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lganligi, 34 ta yo‘l-transport hodisasida piyoda mast holatda bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

“Shu holatlarni hisobga olgan holda Toshkent viloyati hududida bir kunlik  “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbiri  o‘tkazildi. Bu tadbirda asosiy e’tibor qoidabuzar piyodalarga qaratildi. Kun davomida Toshkent viloyati YPX inspektorlari tomonidan piyodalarga nisbatan 531 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga ko‘ra, 531 fuqaroga nisbatan 35 million 883 ming 210 so‘m jarimalar belgilandi”, - deyiladi xabarda.

Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
YTH: mashinada piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Viloyat hududidagi tuman, shaharlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p qoidabuzar piyodalar Bekobod tumani (51 ta), Nurafshon shahri (48 ta), Chirchiq shahri (39 ta), Bo‘stonliq tumani (32 ta) va Angren shahri (28 ta)ga to‘g‘ri kelgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ularning yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek, e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek, moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi ko‘zda tutilgan. Bu qoidabuzarlik uchun eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solinishi belgilangan.

Toshkentda mast haydovchi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Yangiliklar lentasi
0