13:49 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
110 0 0

Toshkentda Huawei bilan hamkorlikda “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida inson qiyofasini tanib olish tizimi ishga tushirilishi mumkin.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Inson qiyofasini tanib olish tizimi – bu kelajak sari qoʻyilgan qadam, yetakchi xorijiy mamlakatlarda bunday tizim allaыachon ishga tushgan, deydi Rossiya Davlat Dumasi deputati, avtoekspert Vyacheslav Lыsakov.

«Fuqarolar uchun bu albatta xavfsizlik garovi boʻladi. Huquqni saqlash organlari odamlar turgan joyni aniqlash, uning yoʻnalishini kuzatish imkoniga ega boʻlishadi. Bu shuningdek jinoyatlar oldini olishga ham yordam beradi”, - deydi Lыsakov.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda IIBB Toshkentda “Xavfsiz shahar” loyihasi ishga tushirilishi mumkinligi haqida aytib berishgan edi. Uning asosiga inson qiyofasini tanib olish tizimi yotadi.

Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan ushbu tizim inson qiyofasini tanib olish va uning harakatlarini kuzatish imkonini beradi.  Kerak boʻlganda huquqni saqlash oganlari jinoyatchilarni topishda ham undan foydalanishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, dunyoda eng rivojlangan inson qiyofasini tanib olish tizimi – Xitoyda ishlaydi. OAVlarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda instalgan kishini 10 daqiqa ichida topish imkonini beradi.

Aytish joizki, ushbu tizim xavfsizlik darajasini oshirish uchun xizmat qilsa-da, ayrim davlat va shaharlar aholisi undan foydalanishga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha bu inson erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin. Ana shunday shaharlardan biri AQShning San-Frantsisko shahri boʻldi. U yerda aholi talabiga binoan barcha xizmatlar, jumladan politsiya uchun ham inson qiyofasini tanib olish tizimidan foydalanish taʼqiqlangan.

Asosiy mavzular