08:40 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
41510

Yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun imtiyozli kredit beriladi.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

Unga koʻra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:

- kredit muddati – 5 yilgacha;

- dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;

- kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;

- kredit boʻyicha taʼminot – sotib olinadigan avtotransport garovga qoʻyiladi.

Asosiy mavzular